Estoniyada majburiy niqob taqish rejimi kuchaytirildi

Estoniyada majburiy niqob taqish rejimi kuchaytirildi
Oxirgi sutkada Estoniyada 1995ta yangi holat aniqlangan, sakkiz bemor vafot etgan.

Estoniya hukumati niqob taqish rejimini kuchaytirdi, 29 oktabrdan barcha joylarda niqob taqilishi shart, dedi mamlakat bosh vaziri Kai Kallas.

Kallasning izoh berishicha, virus havo orqali tarqalmoqda va odamlar niqob taqib yursa, kasallik kamroq yuqadi.

Bosh vazir emlanganlardan ushbu noqulaylikka toqat qilishlarini so‘radi.

Oxirgi sutkada Estoniyada 1995ta yangi holat aniqlangan, sakkiz bemor vafot etgan. Mamlakat aholisining 56,8 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar