11:24 / 18.02.2015
8 051

Qattiq sovuq tufayli Ostona shahridagi maktablar vaqtinchalik yopildi

Qattiq sovuq tufayli Ostona shahridagi maktablar vaqtinchalik yopildi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida kuzatilayotgan qattiq sovuq tufayli hududdagi maktablarning boshlang‘ich sinflarini yopishga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda shahar hokimiyatiga asoslanib, tengrinews.kz sayti xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, 18 fevraldan boshlab maktablarda 1-4 sinf o‘quvchilarining uyda qolishiga ruxsat berilgan.

O‘tgan oyning so‘ngida ham shunday holat kuzatilgan edi.

Kazgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda shu haftada harorat -35 darajagacha pasayishi mumkin. Poytaxt Ostonada esa, 18 fevral kechasi -27 gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda mamlakatlarning katta qismini quyuq tuman qoplagan. Shamol tezligi esa, sekundiga 15-20 metrni tashkil etmoqda. 20 fevral kuni esa, harorat -38 gradusga ham tushishi mumkinligi aytilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qattiq sovuq tufayli Ostona shahridagi maktablar vaqtinchalik yopildi