00:25 / 31.10.2021
2 764

Bir soat orqaga. 31 oktabr kechasi Yevropa soatlari qishki vaqtga o‘tkaziladi

Bir soat orqaga. 31 oktabr kechasi Yevropa soatlari qishki vaqtga o‘tkaziladi
Foto: «Merkur.de»
Har kuz Yevropa ittifoqi o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda qishki vaqtga o‘tadi. Bu galgisi 2021 yilning 31 oktabr kechasiga to‘g‘ri kelmoqda, xabar bermoqda «Germania.one».

Vaqt o‘zgarishi qachonga belgilangan?
Qishki vaqtga o‘tish odatda oktabrning so‘nggi yakshanbasida amalga oshadi. Bu safar 2021 yilning 31 oktabr tuniga to‘g‘ri keldi. Tungi soat 03:00 da barcha soatlar millari bir soat orqaga suriladi. Yevropaliklarda bu tun bir soat oshiqcha uxlash imkoni paydo bo‘ladi. Bu yana shuni anglatadiki, ko‘chalarga qorong‘u ertaroq tushadi, tungi smenalarda ishlovchilar esa qo‘shimcha bir soat ishlab berishlariga to‘g‘ri keladi. Qishki vaqt Germaniyaga unchalik noqulaylik tug‘dirmaydi — jahon vaqtidan bir soatga farqlanuvchi Markaziy Yevropa (CET) vaqti.

Qurilmalarda vaqt qanday o‘zgaradi?
Braunshveygdagi federal fizika-texnika universiteti vaqt o‘zgargani haqida barcha radiosoatlarga signal yo‘llaydi. Zamonaviy smartfonlar va boshqa qurilmalar, operatsion tizimlaridan qat’i nazar, avtomatik ravishda qishki vaqtga o‘tadi. Faqat mexanik va devordagi osma soatlar qo‘lda to‘g‘rilanadi.

Vaqtni o‘zgartirish nega kerak?
1977 yilga qadar qishki vaqt doimiy bo‘lgan. 1973 yilgi neft inqirozidan so‘ng Yevropa hamjamiyati elektr energiyasini iqtisod qilish maqsadida yozgi vaqtni joriy etish qaroriga kelgan. Yevropa davlatlari birin-ketin yozgi vaqtga o‘tishni boshlagan, masalan, Germaniya Federativ Respublikasi 1980 yildan yozgi tizimga o‘tgan.

Bizga ta’siri bormi?
Albatta. Chunki bizda soat millariga yoz-qishning ta’siri yo‘q: «o‘z joyimizda» qolamiz. Shundoq ham vaqtda Yevropadan oldindamiz. Yevropaliklar «ortga chekinishi» ortidan o‘rtaga bir soatlik farq tushadi. Masalan, Toshkentda soat millari 23:00 ni ko‘rsatgan paytda Parij, Rim va Berlinda 20:00 (o‘rtadagi farq — 3 soat), Londonda 19:00 (o‘rtadagi farq 4 soat) bo‘ladi. Biroq ertadan hammasi o‘zgaradi: Parij 4 soatga, London 5 soatga «uzoqlashadi». O‘zgarishlarni hammadan ko‘p futbol muxlislari his etishlari aniq: o‘yinlar bir soat kechroq boshlanadi: uyqu vaqti qisqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir soat orqaga. 31 oktabr kechasi Yevropa soatlari qishki vaqtga o‘tkaziladi