09:43 / 03.11.2021
1 773

Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi
Foto: Getty Images
“Tolibon” hukumati Afg‘onistondagi og‘ir iqtisodiy vaziyat sababli xorijiy valyutani qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi. Harakat vakili Zabihulla Mujohidning ta’kidlashicha, mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat va milliy manfaatlar barcha afg‘onlar oldi-sotdida milliy valyuta – afg‘oniydan foydalanishini talab qilmoqda.

Islom amirligi barcha afg‘onlarga, do‘konlar egalariga, tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda faqat afg‘oniydan foydalanishni va xorijiy valyutani ishlatmaslikni buyuradi”, deb yozgan Twitter’da Mujohid.

Farmonga ko‘ra, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi. “Xorijiy valyutaning qo‘llanishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va bunday yo‘qotishlar mamlakatning har bir kishisiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi”, deb qo‘shimcha qilgan “Tolibon” vakili.

Avvalroq Tolo News telekanali Afg‘oniston markaziy banki AQSH dollarini tejash maqsadida xorijdan pul o‘tkazmalarini faqat milliy valyutada berish haqidagi farmonni qabul qilgan. Shuningdek, bank 6 oktabrda mamlakatdagi barcha savdo operatsiyalari faqat milliy valyutada amalga oshirilishi kerakligi haqidagi qarorni qabul qilgan. O‘shanda ta’kidlanganidek, ushbu chora mamlakat ichidagi valyuta operatsiyalariga taalluqli bo‘lib, xalqaro savdoni qamrab olmaydi.

Toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach, xorijiy banklar AQSH ko‘rsatmasi bo‘yicha Afg‘onistonning xorijiy aktivlarini muzlatib qo‘ygandi, Jahon valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Yevropa ittifoqi esa Afg‘onistondagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatgandi. Bundan tashqari, AQSH Afg‘onistonga dollar yetkazishni to‘xtatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi