09:38 / 05.11.2021
2 786

Putin va Lukashenko bir kunda uch marta gaplashdi. Integratsiya masalasida

Putin va Lukashenko bir kunda uch marta gaplashdi. Integratsiya masalasida
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan payshanba kuni uch marta gaplashdi. Ikki marta telefonda, bir marta videokonferensiyada.

Payshanba kuni Belarus va Rossiya integratsiyalashuv masalasida oliy kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Videokonferensiya ko‘rinishida o‘tgan kengash yig‘ilishida Putin, Lukashenko va har ikki mamlakat hukumat vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishdan avval ham kun tartibidagi mavzu yuzasidan telefonda gaplashgan ikki prezident yig‘ilish davomida onlayn fikr almashib, uchrashuv yakunlangach yana 1,5 soat telefonda gaplashdi.

Putin Lukashenkoga Qrimda uchrashuvlarda ishtirok etgani haqida gapirib bergan. O‘z navbatida Lukashenko Qrimga uni olib bormagani uchun Putindan «arazlashga» ham ulgurdi. «Mayli, Qrimga olib bormadingiz, hech bo‘lmasa birgalikda Sankt-Peterburgga boraylik. Yoki Minskka keling, Moskvadan 20 daqiqalik yo‘l», dedi Lukashenko.

Rossiya va Belarus integratsiyalashuvi doirasidagi navbatdagi onlayn uchrashuvda tomonlar bu boradagi galdagi qadamlar bo‘yicha kelishib oldi. Shuningdek, harbiy va migratsion siyosat bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Yig‘ilishdan keyingi telefon suhbatida esa Lukashenko va Putin xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarni, xususan, Polsha bilan chegarada sodir bo‘layotgan voqealarni muhokama qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Lukashenko bir kunda uch marta gaplashdi. Integratsiya masalasida