20:43 / 05.11.2021
1 476

AQSH Davlat departamenti tekshiruv davomida Pompeoga sovg‘a qilingan 5,8 ming dollarlik viskini topa olmadi

AQSH Davlat departamenti tekshiruv davomida Pompeoga sovg‘a qilingan 5,8 ming dollarlik viskini topa olmadi
Foto: AP Photo
AQSH Davlat departamenti o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha sobiq davlat kotibi Maykl Pompeoga sovg‘a qilingan 5,8 ming dollarlik yapon viskisini topa olmadi. Bu haqda tashqi siyosiy idoraning nazorat funksiyalarini bajaruvchi bosh inspektori hisobotiga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Tekshiruv davomida, shuningdek, 45-prezident Donald Tramp administratsiyasi 2020 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq amalga oshmagan G7 davlatlari yetakchilariga sovg‘a qilinishi kerak bo‘lgan tilla tangalar va turli suvenirlar ham topilmagan.

2021 yilning yanvarida prezidentlik lavozimiga Jo Bayden tayinlangach, Davlat departamenti boshqa mamlakatlar tomonidan Amerika mansabdorlariga sovg‘a qilingan qator buyumlar ombordan yo‘qolganini aniqlagan. Xususan, Pompeoga Yaponiya hukumati 2019 yilda sovg‘a qilgan 30 yillik Suntory Hibiki viskisi ham topilmagan. Avvalroq sobiq davlat kotibi ushbu viskini hech qachon olmaganini aytib, sovg‘adan xabari borligini rad etgan.

Davlat departamentining protokol xizmati yanvarda tashqi siyosiy idora bosh inspektori apparatidan buyumlarning yo‘qolishi bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ragan. E’lon qilingan hisobotga ko‘ra, G7 mamlakatlarining yetakchilari uchun xarid qilingan, umumiy qiymati 20 ming dollarga teng sakkizda chinni va mis vazalar topilgan, xolos.

Tartibsizlik
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, qiymati 560 dollar turadigan 22 qirotli oltindan quyilgan esdalik tangasiga ega viski (kim olgani ko‘rsatilmagan), G7 sammiti doirasidagi suvenirlar solingan sumka, jumladan, «qalayli idishlar, marmar qutilar va charm portfellar» topilmagan. Suvenirlar solingan har bir paket 680 dollarga baholangan.

Qator OAVlarning yozishicha, Tramp administratsiyasi xodimlari sovg‘alar jamlanmalarini shunchaki o‘zlari bilan olib ketgan, biroq hisobotda bu haqda hech narsa yozilmagan. Shu bilan birga, hujjatda ta’kidlanishicha, «ko‘pchilikning omborga kirishga ruxsati bo‘lgan». 2020 yilning 3 avgustidan 2021 yilning 31 yanvariga qadar 77 kishi omborga 3051 marta kirib-chiqqan. Ularning aksariyati davlat xizmatidan ketgan, shu sababli bosh inspektor apparati «ular tomonidan hamkorlikka erisha olmagan».

Bundan tashqari, hisobotda ta’kidlanishicha, yanvar oyida yangi administratsiya vakillari «sovg‘alar omboriga kirgan va uni tartibsiz ahvolda topgan».

Sovg‘alar almashish AQSHning xorijga amalga oshirgan yuqori darajadagi rasmiy tashriflari davomida standart jarayonga aylangan. Davlat departamenti protokol xizmati amerikalik amaldorlarga sovg‘a qilingan barcha buyumlarni ro‘yxatga olishga mas’ul. Odatda sovg‘alar yordamchilarga topshiriladi va ular hisobga olinib, omborga jo‘natilmaguncha sovg‘a egasi uni ko‘rmaydi. Sovg‘alarning qiymati minimal ko‘rsatkichdan — 2019 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, 390 dollardan yuqori bo‘lsa, barchasi AQSH hukumatining mulki hisoblanadi va 60 kunga omborga jo‘natiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Davlat departamenti tekshiruv davomida Pompeoga sovg‘a qilingan 5,8 ming dollarlik viskini topa olmadi