Foto: Alauda Racing
Avstraliyada Alauda Racing startapi uchar elektromobillar Airspeeder’da dunyodagi birinchi bunday turdagi poygani o‘tkazdi. Poygada ikkita elektromobil ishtirok etgan va ular masofadan boshqarilgan.
MK3 Speeder Airspeeder elektromobili 4 metr uzunlikka va 130 kg og‘irlikka ega bo‘lib, 250 km/soat tezlik bilan ucha oladi. Uning elektr dvigatellari litiy-polimer batareyalardan ishlab, ular to‘liq quvvatlanganda 15 daqiqa parvozga yetadi.
Elektromobilning kabinasida boshqaruvchi uchun joy ko‘zda tutilgan bo‘lib, poyga vaqtida qurilma masofadan boshqarilgan. Kabinada yerdagi boshqaruvchi bilan bog‘langan robot bo‘lgan va u boshqaruvchining barcha harakatlarini qaytarib turgan. Kompaniya kelgusida poygalarni odam ishtirokida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Alauda Airspeeder Mk3 havoda to‘qnashuvlardan qochish uchun LiDAR datchiklari va radiolokatsion tizim bilan jihozlangan.
Avvalroq qurilma Janubiy Avstraliya cho‘lida sinovdan o‘tkazilgan. U “Formula-1” kabi poygalarga tayyorlanmoqda. Har bir poygada 10 tagacha elektromobil ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...