10:16 / 10.11.2021
2 036

«Cho‘kayotgan» mamlakat vaziri suvda tizzasigacha tik turgan holda yordam so‘radi (video, foto)

«Cho‘kayotgan» mamlakat vaziri suvda tizzasigacha tik turgan holda yordam so‘radi (video, foto)
Foto: «Scoopnest.com»
Tuvalu Tinch okeani davlati tashqi ishlar vaziri Saymon Kofe okeanda tizzasigacha suvda turib Glazgodagi iqlim sammiti (COP26) uchun videomurojaat tayyorladi. Siyosatchi videoni «Youtube»dagi kanaliga joyladi.

«Iqlim o‘zgarishi va dengiz sathining ko‘tarilishi halokatli. Bu muammolar Tuvalu va Tinch okeanining boshqa orol davlatlariga tahdid solmoqda. Biz cho‘kib ketyapmiz», – dedi u.

Videoni tomosha qilganda vazir minbardan, ikkita bayroq – Tuvalu va BMT hamda ko‘k parda fonida nutq so‘zlayotgandek taassurot paydo bo‘ladi. Biroq so‘nggi soniyalarda kamera uzoqlashadi va tomoshabin Kofe tizzasigacha suvda, uning ortida esa Tinch okeani turganiga guvoh bo‘ladi.

Kofening so‘zlariga ko‘ra, uning bayonoti COP26ni Tuvaludagi haqiqiy vaziyat bilan tanishtiradi va uning aholisi dadil harakat qilayotganini ta’kidlaydi.

Avvalroq xorijiy OAV Tuvaluni global isish va muzliklarning erishi tufayli Yer yuzidan yo‘qolishi mumkin bo‘lgan orol davlatlar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Olimlar global isishning salbiy oqibatlarini yengillashtirish uchun Yerdagi harorat ko‘tarilishini Selsiy bo‘yicha bir yarim-ikki darajagacha cheklash zarurligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Shu maqsadda 2015 yilda 190 dan ortiq davlat Parij bitimini imzolagan bo‘lib, unda ushbu maqsadga erishish uchun aniq harakatlar rejasi tuzib chiqilgan. Hujjat qazib olinadigan yoqilg‘idan butunlay voz kechishni nazarda tutmaydi, biroq davlatlar issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish choralarini ko‘rishlari kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Cho‘kayotgan» mamlakat vaziri suvda tizzasigacha tik turgan holda yordam so‘radi (video, foto)