Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy reytingi prezident lavozimini egallagandan beri eng past darajaga tushib ketdi. Bundan “Reyting” sotsiologik guruhi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
Tahlilchilar fuqarolardan navbatdagi saylovlarda kimga ovoz berishlari haqida so‘rashgan. Aniqlanishicha, respondentlarning 21,8 foizi Zelenskiyga, 14,5 foizi sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga, 11 foizi esa bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Boykoga o‘z ovozini berishga tayyorligini bildirgan.
“Prezident ofisi faoliyatidan 22 foiz fuqaro qoniqish bildirgan, 72 foizi esa bildirmagan”, deb aytilgan tadqiqotda.
So‘rovnoma 4-9 noyabrda o‘tkazilgan va unda 5 ming ukrainalik ishtirok etgan.
Noyabr boshida o‘tkazilgan boshqa so‘rovnoma ham Zelenskiyning reytingi 28 foizgacha tushib ketganini ko‘rsatgan.
Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimini 2019 yil 20 mayda egallagan. 2021 yil may oyida Ukraina saylovchilari qo‘mitasi Zelenskiy 2 yillik faoliyati davomida saylovoldi va’dalarining 25 foizinigina bajarganini hisoblab chiqqan. Ta’kidlanishicha, Ukraina prezidenti Donbassdagi ixtilofga barham bera olmagan, “bosib olingan hududlar”ni qaytara olmagan va pensiya ta’minotini oshira olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi