2 491
«65 ta masjid yer bilan yakson qilingan...» – Ozarbayjon TIV Qorabog‘dagi tarixiy obidalarning ayanchli holati haqida
Foto: «mfa.gov.az»
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 41-sessiyasida so‘zlagan nutqida qariyb 30 yillik okkupatsiya davrida Qorabog‘ mintaqasidagi tarixiy-madaniy obidalar ayanchli holatga solingani haqida gapirdi.
«Okkupatsiya davrida yuzlab madaniy obidalar qasddan butkul vayron qilingan, zarar-ziyon yetkazilgan, talon-toroj etilgan hamda tarixiy-madaniy xususiyatini yo‘qotish maqsadida o‘zgartirilgan. 67 masjiddan 65 tasi yer bilan yakson qilingan. Qolgan ikkitasi esa tahqirlangan – cho‘chqa va sigirlar uchun og‘ilxona sifatida foydalanilgan. Bu musulmon dunyosiga hurmatsizlikdir. Minglab muzey eksponatlari Armanistonga noqonuniy ravishda tashib ketilgan», – dedi Jayhun Bayramov.
Bu qilmishlar madaniy genotsid o‘laroq baholangan.
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri ishg‘oldan ozod etilgan hududlardagi mina xaritalari berilmayotganini ham tanqid qilgan. Qayd etilishicha, bu holat xalqaro huquqiy me’yorlar, jumladan, 1954 va 1970 yilgi konvensiyalarga ziddir.
Vazirga ko‘ra, Ozarbayjon hukumati ozod etilgan hududlardagi madaniy, diniy obidalarni tiklash va muhofaza qilish borasida qat’iy sa’y-harakatlarga kirishgan. Bu jarayonda esa etnik yoki diniy mansublikka ko‘ra ajratish bo‘lmaydi.
Rasmiy Boku Qorabog‘da sodir etilgan qo‘pol qonun buzilishlari haqida YUNЕSKOga xabar bergan va ishg‘oldan ozod etilgan hududlarga xalqaro tashkilotning texnik missiyasini yuborishni so‘ragan. Ammo texnik missiya kelishiga Armaniston to‘sqinlik qilayotgani aytilmoqda.
«Ozarbayjon ixtilofdan keyingi tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarda YUNЕSKO bilan hamkorlik qilishni istaydi. Ziddiyat yakunlanganidan keyin, so‘nggi oylarda Ozarbayjon hamda YUNЕSKO texnik missiyani yuborish masalasida muloqot olib bormoqda. Har ikki tomon missiyanig texnik, huquqiy va siyosiy jihatlarini kelishib oldi, bu esa uning samaradorligi va mustaqilligini ta’minlaydi», – dedi Ozarbayjon TIV.
J.Bayramov qo‘shni mamlakatni YUNЕSKO texnik missiyasi kelishiga to‘sqinlik qilmaslik va masalani siyosiylashtirmaslikka undagan.
Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da 2020 yil 27 sentabrdan 9 noyabrga qadar Armaniston Qurolli kuchlariga qarshi kechgan janglarda qariyb 30 yil ishg‘ol ostida bo‘lgan hududlarini qaytarib oldi. 2020 yilning 10 noyabrida Ozarbayjon, Armaniston hamda Rossiya o‘rtasida uch tomonlama bitim imzolandi. 44 kunlik urush yakunida Qorabog‘dagi 5 ta shahar, 4 ta posyolka hamda 286 ta qishloq yana Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi. Shu tariqa mamlakat hududiy yaxlitligi tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Hikmat Mamedov urush yakunlari xususidagi suhbatda ham Qorabog‘dagi vayron etilgan tarixiy-madaniy obidalar Haydar Aliyev fondi tomonidan qayta tiklanayotgani haqida gapirgan edi.
S.Salim
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi