Foto: Twitter / @U.S.EmbassyKyiv
Ukraina AQSHdan 80 tonna jangovar o‘q-dori qabul qilib oldi. Bu haqda AQSHning Kiyevdagi elchixonasiga tayanib, «Kommersant’» xabar beradi.
«Ukraina AQSHdan taxminan 80 tonna jangovar o‘q-dorilarni qabul qilib olgan. Bu prezident Baydenning avgust oyida Ukrainada ajratgan xavfsizlik bo‘yicha 60 million dollarlik qo‘shimcha yordami doirasida to‘rtinchi bor yetkazib berish hisoblanadi», — deyiladi elchixona xabarida.
AQSH prezidenti Jo Bayden avgust oyida Ukrainaga 60 million dollar ajratish bo‘yicha buyruq bergandi. Pullar AQSH Mudofaa vazirligi taqdim etadigan mudofaa xizmatlari va mahsulotlariga, harbiy ta’lim va tayyorgarliklarga yo‘naltirilgan.
Qurollanishning yetkazib berilishi Donbossdagi vaziyat keskinlashuvi fonida amalga oshirilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining hisoblashicha, AQSH va NATOning Qora dengizdagi faolligi «Kiyev janubi-sharqidagi mojaroni kuch orqali hal qilishdagi harbiy harakatlar teatrini o‘rganish» bilan bog‘langan. Amerika OAVlari esa AQSHda Rossiya Ukrainaga qarshi «harbiy operatsiyalar ehtimolligi» haqida ma’lumotlar borligini ma’lum qilmoqda. Kreml ushbu da’volarni asossiz deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mart oyida AQSH Ukrainaga 125 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratishi ma’lum bo‘lgandi. Ushbu paket Ukrainaga «hududiy yaxlitlikni saqlashga, shuningdek, o‘z chegaralarini himoya qilishni ta’minlashga» yordam berish maqsadida ishlab chiqilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?