19:43 / 15.11.2021
3 203

Ukraina qishda Rossiyaning bostirib kirish “ehtimoli yuqori”ligi haqida ogohlantirildi

Ukraina qishda Rossiyaning bostirib kirish “ehtimoli yuqori”ligi haqida ogohlantirildi
Foto: AP
G‘arb davlatlari razvedkalari Ukrainani qishda Rossiya qo‘shinlari mamlakatga bostirib kirishi “ehtimoli yuqori”ligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, hozirda Ukraina bilan chegarada yuz mingdan ortiq Rossiya harbiy xizmatchilari joylashtirilgan.

G‘arb razvedkasining xulosalari nafaqat chegarada qo‘shinlar joylashtirilgani, balki Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalari to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarga asoslangan, degan Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar.

Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan shimoliy, sharqiy va janubiy chegaralarda 114 ming nafargacha harbiy xizmatchi joylashtirgan.

Shu bilan birga, Rossiya Belarus bilan o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlardan so‘ng "tanklari, jangovar mashinalari va reaktiv tizimlarini namoyishkorona tarzda chegara bo‘ylab joylashtirgan".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina qishda Rossiyaning bostirib kirish “ehtimoli yuqori”ligi haqida ogohlantirildi