Foto: Videodan kadr
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy kengashdagi ishtirokidan so‘ng Turkmanboshi shahriga keldi, deb yozadi «Xronika Turkmenistana».
Nashrning Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, xabar berishicha, 13 noyabr kuni Berdimuhamedov Kaspiy dengizi sohilida joylashgan sport majmuasida bosh vazir o‘rinbosarlari bilan birga mini-futbol o‘ynagan.
So‘ng Turkmaniston prezidenti shaharda barpo etilayotgan 400 o‘rinli shifoxona qurilishini ko‘zdan kechirgan. Yetti qavatli tibbiyot majmuasining tuzilishi davlat rahbariga «planshet va modellar orqali» ko‘rsatildi, deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng Berdimuhamedov ayrim bosh vazir o‘rinbosarlari, Transport va kommunikatsiyalar agentligi rahbari, sog‘liqni saqlash vaziri bilan amaliy yig‘ilish o‘tkazgan.
Turkmanboshi sharidagi «Avaza» Milliy turistik zonasida yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilayotgani bois, davlat rahbari bu yerda turli maqsadlardagi ob’ektlar qurishni davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Gurbanguli Berdimuhamedov qurilayotgan shifoxona sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarni o‘tkazuvchi markazga aylanishi kerakligini ta’kidlagan.
Uchrashuvdan so‘ng prezident Turkmaniston poytaxtiga uchib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?