
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on dunyoni bilishini, chunki u dunyo yetakchilari orasida eng tajribali deya aytdi. Bu haqda u Turkiya shimoli-g‘arbidagi Chanoqqala viloyatida yoshlar bilan uchrashuvidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida aytib o‘tgan. Ushbu efin prezidentning Twitterdagi sahifasida e’lon qilingan.
«Men dunyoni bilaman. Bugungi liderlar orasida men eng tajribalisiman. Bu gaplarni maqtanish uchun emas, balki boshqa rahbarlar orasida o‘z o‘rnimni belgilash uchun aytyapman. Chunki xalqim uchun kimning aslida kim ekanligini bilish muhim», — degan Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on 2003 yilda o‘zi yetakchilik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Turkiya bosh vaziri bo‘ldi. 2014 yilda Turkiya prezidenti etib saylangan, 2018 yilda mamlakat prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tgandan keyin qayta saylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar