Foto: «wi-fi.ru»
Sayyoramizning eng boy odami, tadbirkor Ilon Mask Tesla aksiyalarini sotish orqali ochlikka qarshi kurashga 6 milliard dollar xayriya qilishga rozi bo‘ldi. Mumkin bo‘lgan kelishuv shartlari haqida u Twitterda yozib qoldirgan.
Mask Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) rahbari Devid Bisli dunyoning eng badavlat kishilari boyliklarining bir qismini ochlikni bartaraf etish uchun xayriya qilishga chaqirgan gapiga javob qaytardi. Bislining fikricha, Ilon Mask shaxsiy kapitalining atigi 2 foizi (6 milliard dollar) muammoni hal qila oladi.
«Agar WFP ushbu Twitter sahifasida 6 milliard dollar dunyo ochligini qanday hal qilishini aniq tasvirlab bera olsa, men hoziroq Tesla aksiyalarini sotaman va pulni xayriya qilaman. Ammo jamoatchilik pul qanday sarflanishini aniq ko‘rishi uchun hisob-kitob ochiq bo‘lishi kerak», — deb yozadi Mask.
Yaqinda Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniyadagi aksiyalarining bir qismini 1,1 milliard dollardan ko‘proqqa sotgani to‘g‘risida xabar bergandik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi