Foto: IRIN
Afg‘onistonda 2021 yilda opium ishlab chiqarish hajmi 8 foizga oshib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Bu haqda BMT Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
«Ushbu o‘sish 320 tonna sof geroin butun dunyo bozorlariga kirishini anglatadi», — deyiladi BMTning Afg‘onistondagi giyohvand moddalarni ishlab chiqarishga bog‘liq vaziyat haqidagi hisobotida.
Unda ko‘rsatilishicha, Afg‘oniston ayni vaqtda dunyodagi jami iste’molchilarning 80 foizini opiatlar (opiumning narkotik alkaloidlari) bilan ta’minlaydi. 2020 yilda barcha opiumning 85 foizi ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan.
«Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat xalqaro hamjamiyatning zudlik bilan aralashuvini talab etadi. BMTning afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashi doirasida giyohvand moddalarning noqonuniy yetishtirilishi va ishlab chiqarilishini, shuningdek, ushbu mahsulotning dunyo bo‘ylab talabini barqaror qisqartirishga erishish zarur», — deydi boshqarma boshlig‘i Gada Vali.
BMT Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda opiatlarni ishlab chiqarishdan 1,8—2,7 milliard dollar foyda ko‘rilgan, ularning savdosi Afg‘onistondan tashqarida esa yanada ko‘proq daromad keltirgan. Mamlakatdagi siyosiy beqarorlik opium narxining may oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan qariyb ikki barobar oshishiga olib kelgan. Narxlarning oshishi fermerlarni ishlab chiqarishni oshirishga undashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatning giyohvand moddalari yetishtirishni to‘xtatishi haqida va’da bergandi. «Endi giyohvand moddalar ishlab chiqarilmaydi va kontrabanda yo‘li bilan boshqa davlatlarga olib o‘tilmaydi. Afg‘oniston afyun yetishtiradigan mamlakat bo‘lmaydi», — degan harakat vakili Zabihulla Mujohid. U shunday siyosat olib borish uchun «Tolibon»ga xorij davlatlarining ko‘magi zarurligini ham ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi