10:00 / 20.11.2021
4 490

AQSH kongressmenlari Putinning yana prezident bo‘lishiga qarshi

AQSH kongressmenlari Putinning yana prezident bo‘lishiga qarshi
AQSH kongressmenlari Stiv Koen va Jo Uilson Vakillar palatasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilda yangi muddatga saylanishga qaror qilsa, uni davlat rahbari sifatida tan olmaslik taklifini kiritdi.

Rezolyutsiyada Putinning hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo‘lgan saylovlardagi qonunbuzarliklar qayd etilgan va uning davom etishi noqonuniy degan pozitsiya saqlanib qolgan”, – deyiladi ularning bayonotida.

Hujjatda Rossiya Konstitutsiyasiga 2020 yilda kiritilgan o‘zgartirishlar Rossiya qonunlari va xalqaro majburiyatlarga zid ekani ta’kidlangan.

Prezident Vladimir Putinning 2024 yil 7 mayda amaldagi va yakuniy vakolat muddati tugaganidan keyin o‘z lavozimida qolishga bo‘lgan har qanday urinishi Qo‘shma Shtatlar tomonidan tan olinmasligiga olib kelishi kerak”, – deyiladi rezolyutsiya loyihasida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar Vladimir Putinga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish imkoniyatini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH kongressmenlari Putinning yana prezident bo‘lishiga qarshi