Foto: AP
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili mamlakatdagi onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopish tashabbusi bilan chiqdi.
“Birinchi bosqichda moliya vaziri onlayn kazinolar egalari uchun soliqni ko‘tarishni ko‘zda tutuvchi qonunchilik tashabbusini taqdim etadi. Ularning aksariyati xorij kompaniyalari. Afsuski, fuqarolarimizning pullari xorijga chiqib ketyapti”, — dedi u.
Garibashvilining qo‘shimcha qilishicha, onlayn kazinoda o‘ynash uchun yosh cheklovi 18 dan 25 yoshgacha oshiriladi. Keyinchalik esa butunlay taqiqlanadi.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, onlayn kazinolar sababli mamlakatdan har yili 1,5 mlrd lari (482 mln dollar) chiqib ketyapti.
Gruziyada onlayn kazinolarni qisman yoki butunlay taqiqlashni talab qilib bir necha marta namoyishlar o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi