18:44 / 27.11.2021
2 813

Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov qirg‘izistonlik haydovchiga nima uchun yangi avtomobil sovg‘a qilganini bilasizmi?

Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov qirg‘izistonlik haydovchiga nima uchun yangi avtomobil sovg‘a qilganini bilasizmi?
Foto: «Kabar.kg»
Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov uni manziliga bepul eltib qo‘yishga rozi bo‘lgan haydovchiga mashina sovg‘a qildi. O‘tkazilgan ijtimoiy eksperiment bilan u Instagram sahifasida bo‘lishgan.

Ijtimoiy eksperiment o‘tkazishga qaror qilgan videobloger taksi haydovchilariga borib juda ham shoshayotgani, ammo puli uyda qolib ketganini aytgan va ulardan bepul eltib qo‘yishni iltimos qilgan. Aksariyat rad javobini bergan kishilardan farqli ravishda bir haydovchi uni eltib qo‘yishga rozilik bergan. Yo‘l-yo‘lakay u Qirg‘izistondan Moskvaga pul topish uchun kelgani, ikki nafar farzandi borligi va qizini operatsiya qildirishi kerakligini aytib bergan.

Mashina ijarasi uchun kuniga 1600 rubl (21 dollar) sarflashini aytgan qirg‘izistonlik erkak ba’zida yo‘lovchilarni tekinga olib borib qo‘yishini ham qo‘shimcha qilgan.«Kimgadir sen ko‘maklashasan, boshqa birov esa senga yordam beradi. Niyatim birinchi navbatda qarzlarni yopish, biroz pul ishlab, vatanimga qaytish. U yerda onam yolg‘iz qolgan», — degan u.

Undan avtosalonga haydashni so‘ragan blogerlar yarim million rubl evaziga xarid amalga oshirib, mashina kalitini haydovchining qo‘liga bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov qirg‘izistonlik haydovchiga nima uchun yangi avtomobil sovg‘a qilganini bilasizmi?