Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga urinish ishi bo‘yicha parlament deputati hibsga olindi

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga urinish ishi bo‘yicha parlament deputati hibsga olindi
Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston parlamenti deputati Bakitbek Jetigenov respublikada hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha qo‘lga olindi. Siyosatchi tergov izolyatoriga yetkazilgan.

Tergov taxminiga ko‘ra, Jetigenov va uning hamkasbi, “Xalq uyg‘unligi” jamoatchilik birlashmasi yetakchisi Askat Temraliyev respublikada parlament saylovlaridan keyin ommaviy noroziliklar uyushtirib, davlat to‘ntaruvini sodir etishni rejalashtirgan.

Avvalroq Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakatda hokimiyatni kuch bilan egallashni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ygani ma’lum qilingandi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublikada tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinayotganlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga va’da bergan.

28 noyabrda Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar