Videodan kadr
Gvatemala fuqarosi AQSHning Mayami shahriga Boeing 737-800 samolyotining shassi bo‘lmasiga yashiringan holda uchib keldi. Parvoz 3 soatga yaqin davom etgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 27 noyabrda yuz bergan. 26 yoshli migrant aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga yashirincha o‘tib, samolyotni parvozga tayyorlash vaqtida uning shassi bo‘lmasiga yashirinib olgan.
Noodatiy yo‘lovchi AQSHga kelgandan keyin chegarachilar tomonidan ushlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, unga xavfli parvoz vaqtida shikast yetmagan. Erkak tekshiruvdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni toliblar egallagandan keyin Kobul aeroportidan evakuatsiya vaqtida bir qancha afg‘onistonliklar AQSH harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan va natijada katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lishgan.
Jumladan, Kobuldan AQSHga kelgan S-17 harbiy-transport samolyoti shassi qismida jasad topilgan. Keyinroq ushbu jasad futbol bo‘yicha Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi a’zosi Zakiy Anvariyga tegishli ekani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»