
Foto: «Google.com»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qrim yarimorolini Rossiya hududi deya aytdi. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Qrim amalda Rossiyaniki ekanligini hammamiz tushundik. De-fakto va de-yure Qrim Rossiyaga aylandi», — dedi Belarus rahbari.
Avvalroq Lukashenko «so‘nggi rus oligarxi Qrimni Rossiya deya tan olsa, u ham shunday qilishini» aytgandi.
Lukashenkoning ushbu bayonoti Belarus va Ukraina munosabatlarini boshi berk ko‘chaga kirgizib qo‘yishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi saylovlardan so‘ng G‘arb davlatlari, shuningdek Ukraina ham Lukashenkoni legitim prezident sifatida tan olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar