Foto: Pixabay
Bir guruh yaponiyalik tadqiqotchilar maymunlarning organizmidagi OIV(orttirilgan immunodefitsit virusi)ni yo‘q qiladigan vaksina yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda NHK agentligi xabar berdi.
Yaponiya Milliy biotibbiyot innovatsiyalari, salomatlik va ovqatlanish instituti tadqiqotchilari yangi vaksina bilan emlangan yapon makakalarining organizmiga OIVni yuborgan.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yettita maymundan to‘rttasi kasallangan, biroq keyinchalik kasal maymunlarning organizmida virus g‘oyib bo‘lgan. Olimlarning fikricha, ushbu hayvonlarda vaksina bilan qo‘zg‘atilgan immunitet reaksiyasi OIVning yo‘qolishiga olib kelgan.
Tadqiqotchilar taxminan besh yil ichida vaksinaning klinik sinovlarini odamlarda boshlashga umid qilmoqda.
2019 yilda britaniyalik shifokorlar OIV bilan kasallangan bemorga suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilganidan so‘ng kasallik yo‘qolganini aniqlagan edi. Transplantatsiyadan uch yil, antiretrovirus dori-darmonlarni qo‘llash to‘xtatilgandan bir yarim yil o‘tgach, bemorning testlari uning organizmida OIV yo‘qligini ko‘rsatgan.
Ko‘pchilik mutaxassislarning qayd etishicha, bu usul barcha bemorlar uchun emas. Transplantatsiya jarayoni qimmat va xavfli bo‘lib, bunday mutatsiya judayam kam odamlarda bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»