22:11 / 01.12.2021
2 939

Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi
Foto: Videodan kadr
Eron va Afg‘oniston chegarasida eronlik chegarachilar va “Tolibon” jangarilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar qildi.

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar Afg‘oniston shimolidagi Nimro‘z viloyatining Kang uyezdida yuz bergan.
Tasnim agentligi to‘qnashuv “o‘zaro tushunmovchilik” oqibatida kelib chiqqanini yozmoqda, deb xabar berdi Sputnik-Afg‘oniston.

Agentlikning yozishicha, chegaradan bir necha yuz metr narida, Eron tomonida kontrabandachilardan himoyalanish uchun devor ko‘tarilgan. Eronlik fermerlar Eron hududida qolgan holda mazkur devordan o‘tishgan. Toliblar chegara buzildi degan fikrda ularga qarata o‘t ochgan va eronliklar bunga javob qaytargan.

Hozirda to‘qnashuv tugagan va tomonlar mazkur masalani muhokama qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi