18:58 / 02.12.2021
2 922

Eron—Afg‘oniston chegarasida toliblar xatosi tufayli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Eron—Afg‘oniston chegarasida toliblar xatosi tufayli to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Foto: Proiqra
Eron va Afg‘oniston chegarasida 1 dekabr kuni Eron armiyasi va «Tolibon» harakati o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. «Fergana.ru»ning Tasnim agentligiga tayanib yozishicha, to‘qnashuvlarga toliblar chegara aniq qayerdan o‘tganini bilmagani sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bir necha yil oldin kontrabandachilarga qarshi kurashish maqsadida afg‘on chegarasidan bir necha yuz metr narida, Eronning Siston va Balujiston viloyati hududida devorlar qurilgan. Eronlik dehqonlar 1 dekabr kuni ushbu devorlardan o‘tgan, biroq mamlakat hududidan chiqmagan. Ammo Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan toliblar dehqonlarni Afg‘onistonning Nimroz viloyatiga qarashli Kang uezdi hududiga kirdi deb hisoblagan va o‘t ochgan.

Eron armiyasi javob tariqasida «D-30» gaubitsalari va o‘tochar qurollardan o‘q uzgan. O‘z navbatida toliblar Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan xorij qo‘shinlariga tegishli «Xamvi» zirhli texnikasidan o‘t ochgani aytilmoqda.

Afg‘on medialarining yozishicha, «Tolibon» vakillari to‘qnashuv vaqtida chegaraning Eron tomonidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktini egallab olishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo Eron OAVlari ushbu xabarlarni rad etgan.

Ta’kidlanishicha, otishma bir necha soat davom etgan. Eron chegarachilari va toliblar o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida jangovar harakatlar to‘xtatilgan. «Tolibon» ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala tomondan ham jarohat olgan va qurbonlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron—Afg‘oniston chegarasida toliblar xatosi tufayli to‘qnashuv sodir bo‘ldi