Shimoliy Atlantika alyansi G‘arb qo‘shinlarining Afg‘onistondan tartibsiz olib chiqilishi bo‘yicha tahlilining birinchi bosqichini yakunladi. NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 1 dekabr, chorshanba kuni Latviya poytaxti Riga shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda alyansning yirik va shoshilinch evakuatsiya missiyalarini o‘tkazish salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bo‘yicha kelishib oldi.
Yig‘ilishda xorijiy operatsiyalarni rejalashtirishda “bajarish mumkin bo‘lgan maqsadlar”ni belgilashni davom ettirish hamda missiya joylashgan mamlakatdagi siyosiy va madaniy standartlarni hisobga olish haqida qaror qabul qilindi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning aytishicha, operatsiya boshlanishidan oldin NATO uni uzoq vaqt o‘tkazish niyatidami yoki yo‘qmi, aniq belgilashi, shu bilan birga har qanday holatda ham shior “Biz birga keldik, birga ketamiz” bo‘lishi zarur.
2021 yilning yozida NATO deyarli yigirma yillik operatsiya ortidan Afg‘onistonni tark etganch, u yerda “Tolibon” harakati hokimiyatni egalladi. Holbuki, operatsiyadan maqsad “Tolibon”ning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi