
Foto: Reuters
Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlari Siirt shahrida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokidagi mitingda portlovchi qurilmani yo‘q qildi. Bu haqda Cumhuriyet gazetasi xabar bermoqda.
Masofadan boshqariladigan bomba mitingda xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan politsiyachilardan birining mashinasi ostidan topilgan.
Gazetaning yozishicha, bomba so‘nggi lahzalarda aniqlangan va Erdo‘g‘an so‘zga chiqishidan biroz avval yo‘q qilingan.
Turkiya prezidenti o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilish uchun shanba kuni Siirt shahriga keldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar