Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘izistonda fermerlar va dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
«Bu sa’y-harakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda, bu katta ish bo‘lmasa ham, yukingizni yengilroq qiladi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab sug‘oriladigan yerlar, ekin maydonlari, yaylovlar va pichanzorlar uchun soliq to‘lamaysiz. Siz to‘laydigan soliq respublika budjetidan qoplanadi», — deya fermerlarga murojaat qilgan Japarov.
Davlat rahbari, shuningdek, ular uchun yillik 6 foizli kredit berilishini ham e’lon qildi. «Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, yaqin 3-4 yil ichida barchangizni ta’minlay olamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Japarov Qirg‘izistonda «sug‘oriladigan yerning bir metrini ham» dehqonchilik ekinlarisiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidladi. «Buning uchun mahalliy hokimlik mas’ul bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
«Biz oziq-ovqat xavfsizligi haqida gapiryapmiz. Agar yerda dehqonchilik qilmasak, oziq-ovqat xavfsizligi qayerdan ham bo‘lsin? Hozir oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini chetdan keltiryapmiz. Aksincha, eksport qilishimiz kerak. Eksport qila olishingiz uchun davlat barcha imkoniyatlarni ishga soladi va har tomonlama yordam beradi. O‘z navbatida, siz kreditlardan maqsadli va samarali foydalanishingiz va davlatga yordam berishingiz kerak», — deb yozgan Qirg‘iziston prezidenti.
Japarov matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, fermerlar 2022—2024 yillarda yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Shu bilan birga, ushbu soliqning bekor qilinishi bilan bog‘liq mahalliy budjetdagi yo‘qotishlarning o‘rni ham qoplanadi.
Shuningdek, matbuot xizmatida xabar berilishicha, yillik mablag‘ aylanmasi 8 million somgacha (94 ming dollar) bo‘lgan tadbirkorlarni barcha turdagi (daromad solig‘i va ijtimoiy fondga ajratmalardan tashqari) soliqlarni to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi. Buning uchun muayyan talablarni bajarish kerak bo‘ladi: onlayn kassa va elektron hisob-fakturalardan majburiy foydalanish, import-eksport operatsiyalarida ishtirok etmaslik.
Avvalroq Sadir Japarov Yuqori Kengash (parlament) deputatlarining maoshini qisqartirgan edi. Bundan tashqari parlament a’zolarinining texnik xarajatlari ham qisqartirildi. Avval Yuqori Kengash xalq deputatlariga uy-joy uchun kompensatsiya to‘lanar edi. Endi ular bekor qilindi, «mavjud xizmat xonadonlari esa uy-joyi bo‘lmagan deputatlar o‘rtasida taqsimlanadi». Shuningdek, deputatlarga xizmat avtomobillari ajratilmaydigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar