17:23 / 08.12.2021
1 739

Olaf Shols rasman Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi

Olaf Shols rasman Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi
Foto: EPA
Olaf Shols Bundestagda ko‘pchilik ovoz bilan rasman Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi, deb yozadi Der Spiegel.

Sholsga 395 nafar deputat ovoz berdi, saylanish uchun unga 369 ta ovoz zarur edi. 8 dekabr kunining o‘zida Olaf Shols kansler sifatida qasamyod qiladi. Olaf Shols Germaniyaning to‘qqizinchi federal kansleriga aylandi. U ushbu lavozimda Germaniya hukumatini 16 yil boshqargan Angela Merkelning o‘rnini egalladi.

Shols saylanganidan keyin Germaniya kansleri veb-saytining domen nomi bundeskanzlerin.de’dan bundeskanzler.de’ga o‘zgartirildi.

Olaf Shols 63 yoshda, u Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a’zosi. So‘nggi uch yil davomida u Merkel hukumatida vitse-kansler va moliya vaziri lavozimlarida ishlagan. 2011—2018 yillarda Olaf Shols Gamburg shahrining rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Germaniyada 27 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida moliya vaziri Olaf Shols rahbarligidagi Sotsial-demokratik partiya (GSDP) g‘alaba qozongandi. Unga saylovchilarning 25,7 foizi ovoz bergan. Yangi hukumatni tuzishda Sotsial-demokratik partiyadan tashqari «Yashillar» va Erkin demokratik partiyaning ishtiroki zarur edi. Uchala partiya rahbarlari, 7 dekabr kuni nihoyat koalitsiya shartnomasini imzoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olaf Shols rasman Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi