Foto: «Officiel-online.com»
Sayyoramizning eng boy odamlardan biri, Space X rahbari Ilon Mask uysiz qoldi. Fox News telekanali xabariga ko‘ra, tadbirkor Xillsborodagi villasini 32 million dollarga sotdi.
Bu villa Maskning so‘nggi ko‘chmas mulki bo‘lgan, qolgan uylarni avvalroq sotgan. Bungacha Mask barcha ko‘chmas mulklaridan xalos bo‘lishga va’da bergan edi, deb yozadi «Biznes Online».
Noyabr oyi boshida Mask tarixda 300 milliard dollardan ortiq daromad olgan birinchi shaxs bo‘ldi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 20:45ga kelib Maskning boyligi 308,5 milliard dollarni, Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra – 311 milliard dollarni tashkil qilgan. Milliarderning boyligi Tesla kotirovkalari o‘sishi ortidan ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi