Foto: Instagram
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bunyod To‘xtayev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri politsiya bo‘limidan qochib ketdi, deya xabar qilmoqda «Interfaks».
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 8 dekabr kuni To‘xtayev ekstremizmga qarshi kurash markazi xodimlariga nisbatan agressiv munosabatda bo‘lgan. Yakkakurashchi xodimlardan biriga zarba bergan va voqea joyidan yashirinishga uringan. Biroq politsiya uni qo‘lga olgan va mahkamaga olib ketgan.
Ertasi kuni Bunyod politsiya mahkamasidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, politsiya 8 dekabr kuni To‘xtayevni QR-kod va migratsion hujjatlar savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilib, so‘roq ostiga olgan. O‘sha vaqtda sportchi va huquqni muhofaza qilish xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin unga «soxta hujjatlarni tayyorlash, soxtalashtirish yoki ayirboshlash» va «hukumat vakiliga nisbatan kuch ishlatish» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda To‘xtayev qidiruvga berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi