Foto: elements.envato.com
Fors ko‘rfazining janubida joylashgan Sharja arab amirligida davlat xizmatchilari to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi e’lon qilindi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Sharja ijroiya kengashida aytilishicha bu qaror «Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan konsepsiyasiga muvofiq» qabul qilingan. Shu tariqa Sharjadagi davlat idoralari uchun ish haftasi dushanba—payshanbaga qisqartiriladi, dam olish kunlari esa juma kunidan yakshanbagacha uzaytiriladi.
«1 yanvardan boshlanishi kutilayotagn o‘tish davri ishbilarmonlik muhiti va iqtisodiy bozorni qo‘llab-quvvatlaydi hamda global o‘zgarishlar bilan hamnafas bo‘ladi», — deyiladi kengash bayonotida.
Sharja hukumati Ijroiya kengashi bosh kotibi yordamchisi Ahmad al-Suvaydiyning aytishicha, ushbu o‘zgarishga muvofiq, davlat idoralarining rasmiy ish vaqti soat 07:30 dan 15:30 gacha etib belgilanadi. O‘zgartirishlar 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Sharja Yaqin Sharqda davlat sektorini to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tkazgan birinchi hudud bo‘ldi. Avvalroq BAAda rasmiy ish haftasi to‘rt yarim kunga qisqartirilishi e’lon qilingandi. Shuningdek, mamlakatda dam olish kunlari amaldagi juma—shanbadan shanba—yakshanbaga o‘tkazilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...