08:47 / 11.12.2021
2 042

Pokistonlik toliblar bosh vazir bilan tuzilgan tinchlik sulhini bekor qildi

Pokistonlik toliblar bosh vazir bilan tuzilgan tinchlik sulhini bekor qildi
Foto: AFP
Pokistonlik toliblar sifatida ma’lum bo‘lgan “Tahriki Tolibon” harakati jangarilari Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan bir oy avval tuzilgan tinchlik sulhini bekor qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Harakat bayonotida Xon hukumati harakatning bir nechta a’zosini o‘ldirgani va tinchlik sulhini buzgani aytilgan.

Bunday sharoitda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini davom ettirish ilojsiz. Endi Pokiston jamoatchiligi kelishuvga kim amal qilmayotganini hal qilmog‘i lozim”, deb aytgan harakat vakillaridan biri.

Pokiston bosh vaziri Imron Xonning ta’kidlashicha, tinchlik sulhiga harakat tomonidan cherkovlar, maktablar, bozorlar va kuch tuzilmalari xodimlariga hujumlarni to‘xtatish uchun afg‘on toliblari yordamida erishilgandi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar oqibatida 70 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonlik toliblar bosh vazir bilan tuzilgan tinchlik sulhini bekor qildi