Ramzan Qodirov qizini «Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» medali bilan taqdirladi

1 daqiqa o'qish2.2K
Ramzan Qodirov qizini «Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» medali bilan taqdirladi
Foto: «RIA Novosti»/Xadijat Qodirova
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi, Grozniy shahri maktabgacha ta’lim departamenti boshlig‘i Xadijat Qodirova «Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston rahbari administratsiyasi va hukumat vakili Galas Taymasxanov Instagram’da ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

«Qadrli og‘am, Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya qahramoni Ramzan Ahmatovich Qodirov topshirig‘iga asosan bugun Grozniy shahri maktabgacha ta’lim departamenti boshlig‘i Xadijat Qodirovaga soha rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zi ishiga sidqidildan yondashganligi uchun mukofot — «Checheniston respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» medalini topshirdim», — deb yozgan chechenistonlik amaldor.

Taymasxanovning so‘zlariga ko‘ra, Xadijat Qodirova lavozimga kirishganidan keyin shahardagi maktabgacha ta’lim tizimida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

21 yoshli Xadijat Qodirova 2020 yil dekabr oyida Grozniy maktabgacha ta’lim departamenti boshlig‘i etib tayinlangan. Bunga qadar u Grozniydagi «Skazochniy zamok» («Sehrli qasr») nomli bolalar bog‘chasida mudira lavozimida ishlagan.

Ramzan Qodirovning qarindoshlari Chechenistonda boshqa rahbarlik lavozimlarida ham faoliyat olib borishadi. Xususan, uning yana bir qizi Ayshat — respublika madaniyat vaziri, boshqa bir qarindoshi, jiyani Xas-Magomed Qodirov esa Grozniy shahrining meri.

2018 yilda «BBC’ning rus xizmati» Chechenistondagi 158 nafar katta lavozimdagi amaldorlarning 30 foizi respublika rahbariga qarindosh ekanligi, 23 foizi Qodirovning qishloqdoshi, 12 foizi esa uning do‘stlari va ularning qarindoshlari ekanligi haqidagi surishtiruvni e’lon qilgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?