
Tolibon yetakchilaridan biri Najmuddin Fayz Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida o‘ldirilgan.
Qayd etilishicha, Tolibonning yuqori martabali qo‘mondoni o‘z qo‘riqchisi tomonidan otib o‘ldirilgan. Hodisa Yaftol hududida sodir bo‘lgan. Marhum qo‘mondon mahalliy kon sanoati boshqarmasiga mas’ul edi.
Bundan tashqari, Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakili Qori Said Xostiy payshanba kuni Kobuldagi kasalxona oldida otishma bo‘lgani haqida xabar bergandi. Biroq u hodisani «tushunmovchilik» deb atadi va tafsilotlarni ma’lum qilmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar