Foto: Picture Alliance/DPA
SSSR tarqalishining sabablari bir nechta, ulardan biri – hukumat olib borgan iqtisodiy siyosat, dedi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev «Rossiya 24» kanali efirida.
«Sotsialistik, totalitar, ma’muriy iqtisodiyot o‘z resurslarini tugatib bo‘lgandi. Iqtisodiy blok rahbariyati buni vaqtida sezishi va iqtisodiyotni boshqarishda o‘zgarishlar qilishi kerak edi, ammo bunday qilinmadi. Barcha resurslar tugab bordi, biz birinchi navbatda iqtisodiy tanazzulga yaqinlashdik», — dedi u.
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, SSSRning so‘nggi kunlarida kelib, «qayta qurish va demokratlashtirishni e’lon qilgan yangi rahbariyat yetarlicha irodaga ega emasdi».
«So‘ngra ob’ektiv omillar – esingizdami, Vilnyusda, Boltiqbo‘yida ko‘tarilishlar boshlandi», — dedi Nazarboyev 1991 yilda Litva mustaqillik e’lon qilganidan so‘ng Vilnyusda harbiylar va xalq o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni nazarda tutib.
«Va sovet ittifoqi rahbariyatidan hech kim, jumladan, SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov ham u yerda nima bo‘lganini tushuntirmadi», — deya qo‘shimcha qildi Qozog‘istonning sobiq prezidenti.
Uning fikricha, bu Boltiqbo‘yi respublikalarining ittifoqdan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Nihoyat, Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, RSFSRning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishi «barchaga mustaqillik e’lon qilishi mumkinligi borasida signal bo‘lgan».
«Barcha omillar SSSR yo‘q bo‘lishiga olib keldi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...