18:30 / 12.12.2021
1 757

Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlarni demokratiyaga tahdid deb atadi

Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlarni demokratiyaga tahdid deb atadi
Foto: Global Look Press
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlarni demokratiya uchun asosiy tahdidlardan biri deb atadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

«Avvaliga erkinlik ramzi sifatida namoyon bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar bugun demokratiyaga tahdid soluvchi asosiy manbalardan biriga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani sababli yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlar oqimi ko‘paymoqda», — dedi Erdo‘g‘on Istanbulda hukumat tomonidan tashkil etilgan aloqa konferensiyasiga yo‘llagan videomurojaatida.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya hukumati fuqarolarni yolg‘on va noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlardan himoyalashga harakat qilmoqda, shu bilan birga bu boradagi ishlar «aniq va xolis» axborot olish huquqini buzmagan holda amalga oshirilmoqda.

Turkiyada 2020 yilda 1 milliondan ortiq foydalanuvchisi bo‘lgan ijtimoiy media platformalarining qonuniy vakilga ega bo‘lishini va ma’lumotlarni mamlakatda saqlashini talab qiluvchi qonun qabul qilingandi. Turkiyaning aksariyat yirik media kompaniyalari hukumat nazorati ostida, deyiladi AP xabarida.

Noyabr boshida Turkiyada Erdo‘g‘on haqida Twitter’da «yolg‘on axborot beruvchi postlar» tarqalgani sababli 30 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Mahalliy OAV xabarlarida aniqlik kiritilishicha, Twitter’da Turkiyaning amaldagi prezidenti tilga olinishi bilan bog‘liq holda #death (o‘lim) xeshtegi ishga tushirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlarni demokratiyaga tahdid deb atadi