Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sovet Ittifoqining parchalanishini fojia, tarixiy Rossiyaning parchalanishi sifatida qabul qilishini aytdi. Putin ushbu fikrni “Rossiya-1” telekanalida efirga uzatilgan “Rossiya. Eng yangi tarix” filmida aytib o‘tgan.
“Mamlakat fuqarolarining aksariyati uchun xuddi shunday fojia, – dedi u SSRIning parchalanishi shaxsan o‘zi uchun nimani bildirishi haqidagi savolga javob berar ekan. – Axir, Sovet Ittifoqining qulashi nima? Bu Sovet Ittifoqi deb nomlangan tarixiy Rossiyaning parchalanishidir”.
U mamlakat hududining 40 foizini, taxminan shuncha ishlab chiqarish quvvati va aholisini yo‘qotganini aytdi.
Putinning ta’kidlashicha, Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan “25 million rus xalqi birdaniga xorijda – mustaqillik va suverenitetni qo‘lga kiritgan sobiq sovet respublikalarida bo‘lib qolgan”.
“Ular (ya’ni respublikalar) uchun bu yaxshi, lekin o‘zi xohlamagan holda xorijda bo‘lib qolgan odamlar uchun, albatta, yomon. Ular qayta olmas, qarindoshlari bilan birlasha olmas edi. Na ish joyi, na yashash joyi bor edi. Bu hech qanday mubolag‘asiz, yirik gumanitar fojia”, – deya tushuntirdi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas