13:00 / 16.12.2021
6 408

Yer aholisini COVID-19 pandemiyasidan yomonroq muammo kutayotgani aytildi

Yer aholisini COVID-19 pandemiyasidan yomonroq muammo kutayotgani aytildi
Amerikaning Dyuk universiteti olimlari kelajakda iqlimning isishi tufayli Yer aholisi uzoq vaqt davomida ko‘chada ishlay olmasligini aniqladi. Bu haqda Nature Communications nashri maqolasida aytiladi.

Mutaxassislarga ko‘ra, agar sayyorada havo harorati Selsiy bo‘yicha ikki darajadan oshsa, mehnat unumdorligining pasayishidan keladigan iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga 1,6 trillion dollarni tashkil etadi.

Olimlar yaqinlashib kelayotgan falokat COVID-19 pandemiyasidan ham battarroq bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, tropik va subtropik mintaqalar — Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Tinch okeanining g‘arbiy qismidagi ishchilar eng ko‘p zarar ko‘radi.

Ko‘pgina ishchilar ko‘chada ishlayotganda kun davomida kuchli issiqni boshdan kechirmoqda. Ayniqsa, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Indoneziya iqlim isishidan eng ko‘p jabr ko‘rishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yer aholisini COVID-19 pandemiyasidan yomonroq muammo kutayotgani aytildi