23:55 / 19.12.2021
1 516

Kamala Harris jurnalistning AQSH prezidenti haqidagi savoliga keskin javob berdi

Kamala Harris jurnalistning AQSH prezidenti haqidagi savoliga keskin javob berdi
Foto: Global Look Press
AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris jurnalistning “AQSH prezidenti lavozimini aslida kim egallaydi?” degan savolidan achchiqlanib, unga keskin javob qaytardi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.

Charlamagne Tha God Comedy Central shousi vaqtida boshlovchi Harrisdan “AQSHning “haqiqiy” prezidenti kimligi” haqida so‘ragan.

"Bu Jo Bayden. U prezident yoki yo‘qligini so‘rab, respublikachilarga xos tarzda fikrlashni bas qiling”, deb keskin ohangda javob qaytargan Harris.

U, shuningdek, bir necha marta Baydenning ismini takrorlab, boshlovchining gaplarini bo‘lgan.

Bayden 17 dekabrda Janubiy Karolina universiteti bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimida Harrisni bir necha marotaba “prezident” deb atagan. Jurnalistning bunday kinoyali savol berishiga aynan shu holat sabab bo‘lgan.

Noyabrda Bayden tibbiy ko‘rikdan o‘tishi vaqtida Harris 1 soat 35 daqiqaga prezident lavozimini vaqtincha bajargandi. O‘shanda prezident Uolter Rid nomidagi tibbiy markazda har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Shundan keyin u o‘z vazifalarini bajarishga qaytgan va jurnalistlarga ko‘rik “a’lo darajada” o‘tganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamala Harris jurnalistning AQSH prezidenti haqidagi savoliga keskin javob berdi