Foto: Tengrinews
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda inflyatsiya darajasini pasaytirishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda liraning qulashiga olib kelgan siyosat muvaffaqiyatli «iqtisodiy mustaqillik uchun urush»ning bir qismi bo‘lgan va hukumat moliyaviy manipulyatsiya orqali mamlakat iqtisodiy barqarorligiga putur yetkazmoqchi bo‘lgan kuchlar harakatlarini qat’iy bostirish niyatida.
«Ertami-kech, xuddi hokimiyatga kelganimda inflyatsiyani 4 foizga qadar tushirganimiz kabi buni yana amalga oshiramiz. Ammo men fuqarolarim, xalqim foiz stavkalari bilan ezilishiga yo‘l qo‘ymayman», — degan Erdo‘g‘on Turkiyada ta’lim olayotgan Afrika mamlakatlari talabalari bilan uchrashuvda.
Inflyatsiya qo‘rquvi tufayli lira 2021 yilda o‘z qiymatining 55 foizini, so‘nggi 30 kun ichida esa 37 foizni yo‘qotgan. Ma’lum qilinishicha, Turkiyada yillik inflyatsiya 2011 yili — Erdo‘g‘on bosh vazir bo‘lgan vaqtda taxminan 4 foizgacha tushib ketgan. U 2017 yildan buyon o‘smoqda va noyabrda oylik hisobda 3,5 foizga, yillik hisobda esa 21,3 foizgacha ko‘tarildi — bu inflyatsiyaning so‘nggi uch yil ichidagi maksimal ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Reuters’ning yozishicha, Erdo‘g‘on tomonidan 16 dekabr kuni eng kam oylik ish haqini 50 foizga oshirish to‘g‘risidagi bayonot iste’mol narxlari inflyatsiyasini 3,5—10 foizga oshiradi va bu yetarli emas.
Agentlikning ta’kidlashicha, Erdo‘g‘on inflyatsiyaning pasayishi eksport, bandlik, sarmoya va iqtisodiy o‘sishni oshiradi deganiga qaramay, aksariyat iqtisodchilar uning qarorini o‘ylanmay qabul qilingan demoqda va prognozlarga ko‘ra, kelgusi yilda Turkiyada inflyatsiya darajasi 30 foizdan oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, liraning tarixiy minimumga qadar tushib ketishi ortidan 23 noyabr kuni yirik shaharlarda yuzlab odamlar ko‘chalarga chiqib, prezidentning iste’fosini talab qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa fuqarolarni sabrli bo‘lishga va hukumatning yangi iqtisodiy modeliga ishonishga chaqirdi, tovarlar narxining oshishidan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan shaxslarga rahm-shafqat qilmasligini aytdi. Biroq vaziyat kundan kunga yomonlashib, mahsulotlarning narxi va dollar kursi oshib boryapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar