11:59 / 23.12.2021
2 794

Bayden keyingi saylovlarda qatnasha olmasligi mumkin

Bayden keyingi saylovlarda qatnasha olmasligi mumkin
AQSH prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishni rejalashtirayotganini, hammasi uning sog‘lig‘iga bog‘liq bo‘lishini aytdi.

Bayden ABC News telekanali boshlovchisining 2024 yilda AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yish rejalari haqidagi savoliga «Ha», deya javob bergan.

«Ammo, men taqdirga ishonaman. Hayotimdagi ko‘p hodisalar taqdirga bog‘liq bo‘lgan. Agar hozirgidek sog‘lom bo‘lsam, men albatta prezidentlikka o‘z nomzodimni qo‘yaman», - deya qo‘shimcha qilgan u.

Baydenning ta’kidlashicha, agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bo‘lajak saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etsa, bu uning saylovlarda ishtirok etish «ehtimoli oshadi».

Bayden 78 yoshida AQSH prezidenti lavozimini egalladi va mamlakat tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki noyabr oyida AQSH prezidenti 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish niyatida ekanligini tasdiqlagandi.

Ayni paytda, Respublikachilar partiyasining nufuzli senatori Ted Kruz ham 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish istagini bildirgan. U 2016 yilda respublikachi nomzod lavozimi uchun kurashgan va yakunda Trampdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan

«Avvalgi saylovlardan ibrat oladigan bo‘lsak, deyarli har doim ikkinchi o‘rinni egallagan kishi keyingi nomzod bo‘ladi», dedi u.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, agar Kruz o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, respublikachilar orasida kuchli qo‘llab-quvvatlangan Tramp poygada qiyinchilikka duch keladi.

Noyabr oyida Baydenning shaxsiy shifokori prezident o‘z vazifalarini to‘liq bajarishi mumkinligini aytgandi.

«Prezident Bayden 78 yoshli sog‘lom, baquvvat, prezidentlik vazifalarini, jumladan, bosh ijrochi, davlat rahbari va bosh qo‘mondon vazifalarini bajarishda davom eta oladi», deyiladi Oq uy tomonidan e’lon qilingan tibbiy hisobotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden keyingi saylovlarda qatnasha olmasligi mumkin