Ukrainada xorijiy harbiylar soni yildan-yilga ortib bormoqda, 4 ming AQSH harbiy instruktori Donbass yaqinidagi chegara chizig‘ida turibdi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
“Ukrainada xorijiy harbiylarning soni yildan-yilga ortib bormoqda... Ulardan 4000 nafari (instruktorlar — tahr.) bevosita Amerika Qo‘shma Shtatlaridan”, — dedi Zaxarova brifingda.
Kiyev Donbassdagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi Mariya Zaxarova. Ukrainaning harbiy budjeti 20 %ga oshdi. Kiyev nafaqat mudofaa, balki hujum qurollarini ham sotib olmoqchi.
Kiyev aholini Donbass bo‘yicha va’dalardan chalg‘itish uchun "tayyorlanayotgan Rossiya hujumi” atrofida vasvasani qo‘zg‘atmoqda.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk aytgan ma’lumotlarga qaraganda, g‘arb davlatlaridan kelgan instruktorlar Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda, bu esa Minsk kelishuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzadi va Donbassdagi vaziyatga salbiy ta’sir qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda NATO davlatlarining 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisi Ukrainadagi harbiy ob’ektlar va harbiy-dengiz bazalarida joylashgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev Donbassga Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining yarmini jo‘natdi. Moskva NATO davlatlaridan Rossiya chegaralariga harbiy texnika o‘tkazilishi va Donbassda g‘arb instruktorlari soni ortishidan xavotir bildirdi. G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda, jumladan Donbassda qo‘llash uchun qurol-yarog‘larni yetkazib berishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi