Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, tarixiy aloqalar va hamkorlik Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarga koronavirus pandemiyasidan boshqa davlatlarga qaraganda yaxshiroq o‘tish imkonini bermoqda.
MDHning Sankt-Peterburgdagi norasmiy sammitida Putin so‘nggi o‘n yilliklarda ko‘plab tub o‘zgarishlar bo‘lganini, biroq Hamdo‘stlik tashkil etilishi o‘zi oqlanganini ta’kidlab, MDH a’zolari ko‘plab yo‘nalishlarda, jumladan, xavfsizlik va iqtisodiyot sohasida hamkorlikni mustahkamlaganini aytdi.
“Sovet Ittifoqi davridan beri saqlanib qolgan aloqalar ijobiy rol o‘ynamoqda – umumiy aloqalar, sheriklar kabi ishlaydigan umumiy korxonalar – yuqori darajadagi hamkorlik kooperatsiyasi, bularning barchasi nafaqat saqlanib qolgandi, balki butunlay yangi zaminda, mutlaqo yangi bazada rivojlantirildi. Bu bizga pandemiyaning og‘ir davridan o‘tish imkonini bermoqda”, – dedi Rossiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning tashabbusi bilan kecha, 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qildi va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...