16:30 / 29.12.2021
2 640

Rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi

Rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi
Bugun Rossiyada mehnat va uzoq muddatga kelgan migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi. Unga ko‘ra Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijliklar va mehnat migrantlari mamlakatda OIV, giyohvand moddalar va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha testlardan o‘tishi shart.

Bundan tashqari, endi barcha tibbiy ma’lumotnomalarni 3 oy ichida Ichki ishlar vazirligiga topshirilishi kerak. Hujjatlarning amal qilish muddati - bir yil, keyin testlarni takrorlash kerak.

Shuningdek, xorijliklar mamlakatda 90 kundan ortiq qolmoqchi bo‘lsa, kirgan kundan boshlab 90 kun ichida suratga tushishi va barmoq izlarini topshirishi kerak. Mehnat migrantlari 30 kun ichida yoki ishga hujjatlarni olganda barmoq izlaridan o‘tishi kerak. Buning uchun ular Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga, unga qarashli korxona yoki vakolatli tashkilotga shaxsan murojaat qilishlari zarur.

Qayd etilishicha, biometrik ma’lumotlar topshirganlik haqida hujjat chipli karta ko‘rinishida berish yo‘lga qo‘yiladi. Kartada ism, tug‘ilgan sana, jinsi, fuqaroligi va pasport ma’lumotlari, shuningdek, barmoq izlari va surati bo‘ladi.

Patentlar ham migrantlarga biometrik ma’lumotlarga ega elektron chipli kartalar ko‘rinishida beriladi. Old tomonda shaxsiy ma’lumotlar qayd etiladi: foto, ism, tug‘ilgan sanasi, fuqarolik, pasport raqami va kasbi, orqa tomonida - ish joyi, patent berilgan joy va sana. Chipga egasining biometrik ma’lumotlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda: yuzning elektron surati va barmoq izlari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi