Mafiya a’zosini tutib bergan surat.
Foto: «Google Maps»
Ispaniyada yashirinib yurgan italyan mafiyasi a’zosi Joakkino Gammino qo‘lga olindi. Bu haqda VVS xabar berdi.
61 yoshli mafiozi Galapagar shahrida Manuel ismi ostida yashirincha yashab yurgan. Kunlarning birida oziq-ovqat do‘koni oldida turgan, Gamminoga o‘xshab ketadigan odamning surati Google Street Viewda paydo bo‘ladi...
Gammino Rim qamoqxonasidan 2002 yilda qochib ketgan. U odam o‘ldirgani uchun bir umrga ozodlikdan mahrum etilgandi. Joakkino Gammino «Stidda» nomli Sitsiliya mafiya to‘dasi a’zosi bo‘lgan, Italiyada eng ko‘p qidirilayotgan gangsterlardan sanalgan.
Gammino, Sitsiliya politsiyasi taxmin qilganidek, Ispaniyaga qochgani ma’lum bo‘ldi, biroq aynan Google Mapsdagi surat uning izidan tushishda muhim rol o‘ynadi.
Qidiruvni boshlagan politsiya surat tushirilgan joyga yaqin joylashgan Cocina de Manu yopiq restoranining «Facebook»dagi sahifasi orqali Gamminoning shaxsini aniqladi. U yerda bosh oshpaz kiyimida suratga tushgan Gamminoni iyagidagi chandig‘idan tanishdi. Restoranda sitsiliyacha ovqatlar tayyorlangan.
Hibsga olinganidan so‘ng Gammino politsiyaga shunday savol bergan: «Meni qanday topdingiz? Hatto oilam bilan ham o‘n yildan beri qo‘ng‘iroqlashganim yo‘q».
Gammino Ispaniyada hibsda saqlanmoqda. Italiya politsiyasi qish oxirigacha uni ortga qaytarmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda