16:39 / 08.01.2022
1 081

London gipertovushli qurol yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

London gipertovushli qurol yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Foto: «TASS»
London gipertovushli raketani yaratish niyatida. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh shtabi boshlig‘i Toni Radakinga tayanib, The Times nashri ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, gipertovushli qurolni yaratish rejalari Rossiya quvvatining ortib borayotgani sabab paydo bo‘lgan. «Bizda gipertovushli raketalar yo‘q, ammo unga ega bo‘lishimiz kerak», — deydi Radakin.

Bosh shtab boshlig‘i Rossiya—Ukraina chegarasidagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasiga Rossiyaning ehtimoliy hujumiga qarshi choralar ko‘rishning harbiy variantlari taqdim etilgan, biroq u aynan nimadan iborat ekanini ochiqlamagan.

Ma’lumki, Rossiyada so‘nggi yillarda bir nechta gipertovushli majmualar yaratilgan, masalan, «Kinjal» aviakompleksi va gipertovushli rejalashtirish blokiga ega «Avangard» strategik raketalari, shuningdek, Sirkon» gipertovushli raketasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Kinjal» yangi aviatsion kompleksi haqida (raketa va u bilan zarba beruvchi MiF-31G qiruvchi samolyoti) Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yil 18 martda o‘tgan Federal majlis vakillariga qilgan murojaatida gapirgandi. Aviakompleksning imkoniyatlari ilk bor 2019 yil avgustida «Aviadars» tanlovida namoyish qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London gipertovushli qurol yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda