Foto: Sawahpress
Xitoyda magnitudasi 6,9 ballga teng yerosti silkinishlari kuzatildi. Zilzila oqibatida Buyuk Xitoy devorining bir qismi qulab tushgan, deb xabar beradi Global Times.
Ma’lum qilinishicha, yerosti silkinishlari 8 yanvar kuni Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinxay provinsiyasida, 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Zilzila aholi kam istiqomat qiladigan hududda sodir bo‘lganiga qaramay, uning kuchi bir nechta yirik shaharlarda ham kuzatilgan.
Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan, biroq to‘qqiz kishi jarohat olgani aytilmoqda. Ularning sakkiz nafariga shifoxonadan javob berilgan, bittasi esa hamon shifokorlar nazorati ostida.
9 yanvar kuni rasmiylar Gansu provinsiyasining Shandan uyezdidan o‘tuvchi Buyuk Xitoy devorining ikki metr qismi zilzila oqibatida qulab tushganini aniqlagan. Aniqlangan qism Min sulolasining hukmronlik yillarida qurilgan (1368—1644 yillar).
Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, «Interfaks» ma’lumotlariga ko‘ra, 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:44 da Gretsiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, yerosti silkinishlari Shimoliy Makedoniya chegarasidan taxminan 8 kilometr uzoqlikda, Bitola shahridan 26 kilometr janubda sodir bo‘lgan.
AQSH Geologiya xizmati zilzila magnitudasini 5,5 ball deya baholagan. Amerikalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Gretsiyaning Florina shahridagi 7 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar