
Efiopiyaning Tigray hududida 17 nafar kishi masofadan boshqariladigan uchuvchi vosita bilan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Aviazarba May Sebri qishlog‘i yaqinida amalga oshirilgan. Nobud bo‘lganlarning asosiy qismi shu yaqin atrofdagi un zavodida ishlagan ayollar.
Agentlikning yozishicha, bu kabi hujumlar hukumat qo‘shinlari Tigray hududidagi isyonchilarni siqib chiqarishga urinayotgani tufayli oxirgi vaqtlarda tez-tez sodir bo‘lmoqda.
So‘nggi zarba Efiopiya bosh vaziri Ahmad Abiy AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatlashgan va unga fuqarolar muhofazasini kafolatlashi, jangarilar bilan muloqot orqali muammoni hal etishni va’da qilgan kuni berilgandi.
Bayden Abiydan mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinganidan keyin hibsga olingan odamlarni ozod qilishni so‘ragan. Ma’lumotlarga ko‘ra ular orasida jurnalistlar ham bor.
O‘tgan haftada Efiopiyada hukumat qo‘shinlarining Tigray hududiga bergan aviazarbasi oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan, yana 30 nafar odam turli darajadagi tan jarohatlarini olgandi. Ular ichki ko‘chishlarni amalga oshirgan qochoqlar uchun tashkil qilingan lager hududida bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing