23:30 / 14.01.2022
2 214

Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun provokatsiya tayyorlamoqda – OAV

Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun provokatsiya tayyorlamoqda – OAV
Foto: Getty Images
Oq uy Rossiya Donbassda o‘zga bayroq ostida operatsiya o‘tkazishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida dalillarga ega – provokatsiya Ukrainaga bostirib kirish uchun bahona bo‘ladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, AQSH razvedkasida bu jangarilar shahar sharoitida jang olib borish va portlovchi qurilmalardan foydalanishga o‘qitilgani bo‘yicha dalillar mavjud. Provokatsiya Donbassdagi “LXR” va DXR” qo‘shinlariga qarshi uyushtirilishi mumkin.

"Razvedka hamjamiyatimiz Rossiya bostirib kirishga bahona topish uchun asos tayyorlayotgani to‘g‘risida ma’lumot oldi. Biz bu ssenariyni 2014 yilda ko‘rgandik. Ular yana o‘sha ssenariyni tayyorlamoqda", - dedi Sallivan.

Sallivan Oq uy sutka davomida ushbu reja tafsilotlari to‘g‘risida matbuotga ma’lum qilinishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun provokatsiya tayyorlamoqda – OAV